Sud huquq tizimi-islohotlarning yangi bosqichi

              Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan harakatlar strategiyasiga muvofiq, keyingi tо‘rt yilda  sud-huquq sohasini isloh qilish borasida 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. О‘tgan davrda sudlar tuzilmasi zamon talablariga mos ravishda takomillashtirildi.  Viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik, jinoyat ishlari bо‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda viloyat darajasidagi umumyurisdiksiya sudlari tashkil qilindi.

            Sud tizimida gender tenglikni ta’minlash , ayollarning sud-huquq sohasidagi mavqeini oshirish, xususan ayol sudyalarni qо‘llab quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

            Inson huquqlarining ishonchli himoyasini ta’minlash maqsadida sud qarorlarini qayta kо‘rish instituti takomillashtirildi. 2017 yilga qadar 6 sud instansiyasida sud qarorlari qayta kо‘rib chiqilgan bо‘lsa, keyingi yillarda bu instansiyalar soni uchtaga qisqardi. Xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi yaratilib, birinchi instansiya, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalaridan iborat bо‘lgan “Bir-sud bir instansiya” tamoyili joriy qilindi.

            Sudlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash eng muhim vazifalardan biri bо‘lib, bu borada ham muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Sudlar faoliyati haqida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini xabardor qilish maqsadida har chorakda viloyat sudlari raislari va ularning о‘rinbosarlari tomonidan brifinglar о‘tkazish amaliyot yо‘lga qо‘yildi.  Sudlar tomonidan qabul qilingan qarorlar Oliy sudning veb saytida muntazam ravishda e’lon qilib borilmoqda. Ayniqsa, odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini osonlashtirish hamda bu borada shaffoflikni oshirishga qaratilgan elektron tartib-taomillar bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilayotgani muhim ahamiyatga ega.

            Sud-huquq sohasidagi islohotlar  mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuziga, jumladan, sud mustaqilligi, qonun ustuvorligi va odil sud samaradorligini bо‘yicha xalqaro reytinglarda О‘zbekistonning nufuzini oshishiga ham munosib hissa qо‘shmoqda.

            Davlatimiz rahbarining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etilgan Murojaatnomasida “Adolat bu davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi о‘rin egallaydi” degan fikrlarini sud sohasidagi islohotlarning samarali amalga oshirilishi nechog‘li ahamiyatga ega ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.

            Shu о‘rinda sud tizimining yangi bir sohasi, ma’muriy sudlar haqida tо‘xtalib о‘tmoqchiman. 2021 yil 1 yanvardan sud tizimining ushbu sohasida katta islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman(shahar)lardagi ma’muriy sudlar tugatilib, viloyat markazlarida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil qilinib, ma’muriy sudlarning ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni kо‘rish vakolati, tuman(shahar) jinoyat ishlari bо‘yicha sudlarga о‘tkazildi.  Tashkil etilgan tumanlararo ma’muriy sudlari va viloyat ma’muriy sudlari  ommaviy huquqiy munosabatlarga oid nizolarni kо‘rishga ixtisoslashtirildi.

            Ommaviy huquqiy munosabatlarning  asosiy xususiyati sifatida unda ishtirok etuvchi tomonlarning biri bо‘lib, davlat hokimiyati subyektining ishtirok etishi belgilangan.  Shu bilan birga, ommaviy huquqiy munosabatlarning subyektlari sifatida bir tomonda jismoniy va yuridik shaxslar, ikkinchi tomonda davlat organlari bilan bir qatorda hokimiyat vakolatlariga ega bо‘lgan subyektlar, masalan fuqarolarning о‘zini-о‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari bо‘ladi.

  2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish tо‘g‘risida kodeksining 26-moddasiga binoan, Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tо‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishi yoki ushbu sohadagi nizoda ikkinchi tomon sifatida davlat boshqaruvi organlari, ma’muriy huquqiy faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bо‘lgan boshqa organlar, fuqarolar о‘zini о‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari namoyon bо‘ladi.

Ma’muriy sudlarning xorijiy davlatlardagi faoliyatiga nazar solsak, 150 yillik tarixga ega bо‘lgan Germaniya ma’muriy sudi 19 asrda yangi shakllanib kelayotgan burjuaziyaning monarx hokimiyatini cheklash uchun tuzilganligini kо‘rish mumkin.  Ma’muriy organlar monarx qо‘lida, ya’ni bо‘ysunuvida bо‘lgan. Burjuaziya ma’muriy organlarning parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga asosan faoliyat yuritishini talab qilgan. Ayni shu holat  qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilgan. Mustaqil ma’muriy sudlar ma’muriy organning qonunlarga rioya qilishini sud tartibida nazorat qilgan.

Xulosa о‘rnida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki mamlakatimizda 2017 yilda ma’muriy sudlarning tashkil etilishi va 2021 yilda bu sohani takomillashtirilishi mamlakatimizda fuqarolar va yuridik shaxslarning himoyasini kafolati bо‘lib xizmat qiladi.

Qashqadaryo viloyat ma’muriy

 sudining sudyasi                                                                      Bahriddin Axmedov

Odam savdosi – inson erkinligiga tahdid

    

      Odam savdosining butun insoniyatga xavf solayotgan global muammo ekanini bugun kо‘pchilik yaxshi biladi. Uning turlari, shakllari va odamlarni tuzoqqa tushirishda ishlatiladigan usullari haqida matbuotda bot-bot ma’lumot berib kelinayotganiga qaramay, ushbu uyushgan transmilliy jinoyat kо‘lami kundan-kunga kengayib, uning domiga tortilayotganlar soni kо‘payib bormoqda.

      Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga kо‘ra 2012 yili 20,9 mln. nafar odam majburiy mehnat va shahvoniy ekspluatatsiya qurboni bо‘lgan. Bu Avstraliya aholisi soniga teng degani.

      «Walk Free Foundation» tashkiloti tomonidan 2014 yili e’lon qilingan «Global qullik indeksi» («Global Slavery Index»)da odam savdosi qurbonlari soni yanada о‘sgani qayd etiladi. Unga kо‘ra mazkur raqam 35,8 mln.ni tashkil etadi.

      Odam savdosi oqibatida insonlar tovarga aylanadilar. YA’ni ular sotib olinishi yoki sotib yuborilishi, hatto hadya qilinishi ham mumkin. Mazkur uyushgan transmilliy jinoyat majburiy mehnat, shahvoniy xizmatlarga majburlash, inson a’zolarini transplantant qilish, chaqaloqlarni sotish, insonlarni tilanchilikka majburlash, majburiy nikoh va reproduktiv vazifalar ekspluatatsiyasi (sun’iy onalik, majburiy bola tug‘ish), yollanma askarlik kabi kо‘rinishlarda namoyon bо‘ladi.

      Aksariyat hollarda ayollar va bolalar, aholining ijtimoiy kam ta’minlangan qatlami vakillari odam savdosining qurboniga aylanayapti. Ayrim davlatlarning iqtisodiy taraqqiyotida katta tafovut mavjudligi, odamlarni mehnatga majburlash va arzon ishchi kuchini jalb etish orqali xarajatlarni kamaytirish hamda foydani kо‘paytirishga intilish, gender tengsizlik muammosi insoniyat uchun sharmandali bо‘lgan ushbu jinoyatning avj olishiga sabab bо‘lmoqda.

      Odam savdosi jinoyati allaqachon global «sanoat»ga aylanib ulgurgan. Mazkur «biznes» orqali olinadigan milliardlab noqonuniy daromad salmog‘i ham yildan-yilga ortib bormoqda. Xalqaro mehnat tashkilotining ma’lumotlariga kо‘ra 2014 yili majburiy mehnat orqali qо‘lga kiritilgan daromad 150 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Buning eng kо‘p qismi Osiyo mamlakatlari (51,8 mlrd. AQSH dollari) hamda Osiyoga tutash iqtisodiyoti taraqqiy etgan davlatlar (46,9 mlrd. AQSH dollari) hissasiga tо‘g‘ri kelmoqda.

      Odam savdosi jabrdiydalari insonning har qanday huquq va qadr-qimmatidan mahrum bо‘lib, ulardan taxminan 70 foizi majburiy mehnat, 20 foizi esa shahvoniy quldorlik ulushiga tо‘g‘ri keladi. BMT giyohvandlik moddalari va jinoyatchilik bо‘yicha boshqarmasining sо‘nggi ma’lumotlariga kо‘ra odam savdosi 124 mamlakat hududida uchragan, uning jabrdiydalari 152 davlat fuqarolari hisoblanadi.

       Yuqorida ta’kidlanganidek, odam savdosi transmilliy xarakterdagi jinoyatdir. Jabrlanuvchilar asosan о‘z yurtidan boshqa davlatlarga tranzit qilish va chegaralardan о‘tkazish orqali pullanadi. Mazkur jinoiy faoliyat bir mamlakat hududida boshlanib, boshqa mamlakat hududida tugashi yoki bir necha davlat hududida sodir bо‘lishi mumkin. Shu bois odam savdosiga qarshi faqat bir davlat yoki mintaqa mamlakatlari kurash olib borgani bilan maqsadga erishib bо‘lmaydi. Bu illatga barham berishda keng miqyosli hamkorlik talab etiladi. Shu sababdan ham keyingi yillarda ushbu masala BMT faoliyatining yetakchi yо‘nalishlaridan biriga aylandi.

      2010 yil 30 iyulda BMTning Bosh Assambleyasi 64/293-rezolyusiyasi bilan Odam savdosiga qarshi kurashish bо‘yicha BMTning Global harakat dasturining qabul qilinishi odam savdosiga qarshi kurashni xalqaro miqyosda yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur harakat dasturida ushbu jinoyatning oldini olish, jabrdiydalarning himoyasi, jinoyatchilarni ta’qib etish va barcha yо‘nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash bо‘yicha chora-tadbirlar kо‘zda tutilgan.

      Bundan tashqari, 2000 yili BMT «Odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chek qо‘yish va uning uchun jazolash haqida»gi protokol (uni «Palermo protokoli» ham deb atashadi)ni qabul qildi. Bugungi kunda 166 mamlakat mazkur xalqaro huquqiy hujjatda belgilangan majburiyatlarni bajarib kelmoqda. Palermo protokoli dunyoning turli davlatlarida odam savdosiga qarshi kurash borasida yagona yondashuv ishlab chiqilishiga yordamlashish, mazkur jinoiy faoliyatga qarshi xalqaro miqyosda birgalikda kurashish, tergov va sud qilishga yordamlashishga qaratilgan. Protokol, shuningdek, odam savdosi jabrdiydalarini himoya qilish va qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirilgan. Mazkur xalqaro huquqiy akt BMTning Odam savdosiga qarshi kurashish bо‘yicha global harakat dasturiga tayanadi.

      2013 yili Bosh Assambleya Global harakat dasturining qay tarzda amalga oshirilayotganini baholash maqsadida yuqori darajadagi uchrashuvni tashkil etdi. Unda a’zo mamlakatlar tomonidan A/RES/68/192-rezolyusiya qabul qilindi. Ushbu hujjatning 5-bandiga muvofiq odam savdosi jabrdiydalari holati tо‘g‘risidagi xabardorlikni oshirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda rag‘batlantirish zarurati munosabati bilan 2014 yildan boshlab 30 iyul «Jahon odam savdosiga qarshi kurash kuni» deb e’lon qilindi. Ushbu sana, mana uch yildirki, BMTga a’zo mamlakatlar, ushbu tashkilot tizimidagi muassasalar, boshqa xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan keng nishonlanmoqda.

      BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Jahon odam savdosiga qarshi kurash kuni munosabati bilan yо‘llagan murojaatida butun jahon hamjamiyatini barcha uchun adolat va qadr-qimmatni ta’minlash maqsadida odam savdosiga qarshi kurashish bо‘yicha bor kuch-g‘ayratni birlashtirishga da’vat etdi.

      Shuni alohida ta’kidlash kerakki, о‘tgan yillar mobaynida respublikamizda odam savdosining oqibatlarini chuqur anglagan holda unga qarshi kurashish, yurtdoshlarimizni mazkur jinoyat qurboniga aylanib qolishdan asrash, undan jabr kо‘rganlarga huquqiy, ijtimoiy, tibbiy va psixologik yordam kо‘rsatish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Kezi kelganda, mamlakatimizda ushbu sohada katta tajriba tо‘planganini, bu borada hatto ayrim rivojlangan davlatlardan ham ilgarilab ketganimizni ta’kidlash joiz. Shu yilning 26 aprelida poytaxtimizda bо‘lib о‘tgan «Odam savdosiga qarshi kurashish: О‘zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot» mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnashgan xalqaro ekspertlar ham О‘zbekistonning mazkur sohadagi tajribasini e’tirof etishdi.

      Odam savdosiga qarshi kurashish bо‘yicha respublika idoralararo komissiyasi, Bosh prokuratura va Inson huquqlari bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi milliy markazi tomonidan Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyo bо‘yicha hududiy koordinatori bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda Avstriya, Albaniya, Janubiy Koreya, Isroil va boshqa davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, yurtimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari, prokuratura hamda IIV organlari, vazirlik, idora, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Mazkur nufuzli anjumanda О‘zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish ahvoli va bu borada kо‘rilayotgan choralar xususida ma’lumot berildi. Xalqaro ekspertlarning Avstriya, Albaniya, Janubiy Koreya, Isroil davlatlarida odam savdosiga qarshi kurashish tizimi, Xalqaro migratsiya tashkilotining mazkur global muammoga qarshi kurashishdagi о‘rniga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi. Shu bilan birga, xorijlik mehmonlarga О‘zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshirilayotgan choralar, xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarning ijrosi, sohaga oid qonunchilik bazasining yaratilgani yuzasidan batafsil tushuntirib berildi.

      Muxtasar qilib aytganda, mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilayotgani bu boradagi yutuqlarning bosh omili bо‘lmoqda. Biroq xotirjamlikka berilmasligimiz kerak. Zero, ogohlik zaruratini his etgan holda har tomonlama kurash olib borsakkina yurtimizda bu illatning payini qirqqan bо‘lamiz.

 

Qashqadaryo viloyat ma’muriy

sudining sudyasi                                                              Baxrom Narmuratov

Korrupsiya millat kushandasi

           Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bо‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat xar qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson xuquq va erkinliklarining poymol bо‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurashish xalqaro ahamiyat kasb etib, jaxon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Dunyoda korrupsiyaning turi xam tasnifi ham juda kо‘p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yо‘llarini topish bо‘yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar о‘tkazilgan. Turli kо‘rsatkichlar va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, о‘ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning xuquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, xar bir davlat korrupsiyaga qarshi о‘ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yо‘l xali topilgan emas. Chunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bо‘lib kо‘ringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir. Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi  О‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 2017-yil 3-yanvarda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonun tarixiy ahamiyatga ega xujjatlardan biridir. 6 bob, 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va meyorlar belgilangan. Qonunning 4-moddasiga kо‘ra korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi.

        Qonunning 5-moddasiga kо‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat:

aholining xuquqiy ongi va huquqiy ma’daniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantrish, davlat va jamiyat xayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni о‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qо‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni sodir etganlik uchunjavobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini ta’minlash.

          Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil                      2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi “О‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur xujjatlar о‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi bosqichini boshlab berdi.

          Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar stategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Xarakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkilish-xuquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bо‘yicha tadbirlar belgilanganligi alohida qayd etildi. Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida kо‘rsatilgan Prezidentimizning qarori bilan 2017-2018 yillarga mо‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Xammamiz yaxshi bilamiz, qonun xuquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Vakolatlar, xuquq va majburiyatlarni, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradi. Agar qonun xayotda ishlamasa, uning bir necha varoq oddiy qog‘ozdan farqi qolmaydi. Shunday ekan, “korrupsiya xaqida qonun qabul qilindi, endi xammasi iziga tushib ketadi”, deb о‘ylash xotirjamlikka berilish katta hato bо‘ladi. Korrupsiya balosidan qutilish, islohatlarni uning changalidan ozod etish haqida xammamiz о‘ylashimiz, buning zaruratini har birimiz yuragimizdan о‘tkazishimiz, unga qarshi qat’iy kurashishimiz kerak.

 

 

 

 

Qarshi tumanlararo

ma’muriy sudining sudyasi                                           L.Zayniddinova

Ayollar va bolalarga nisbatan sodir etiladigan zо‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan xalqaro va milliy qonunchilik

        Bugungi kunda xotin-qizlarni zо‘ravonlikdan himoya qilish borasida jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda xotin-qizlarni zо‘ravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni zо‘ravonliklardan, shu jumladan, oilada sodir etiladigan jinoiy zо‘ravonliklardan himoya qilish mexanizmi mustahkamlab qо‘yilgan. Inson huquqlari bо‘yicha umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar bо‘yicha xalqaro kelishuv hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bо‘yicha xalqaro kelishuv oilani jamiyat asosidagi guruh deb tan oladi hamda shaxsni oiladagi zо‘ravonliklardan himoya qiladi.

        Bular qatoriga Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (1948 yil), Ta’lim sohasida kamsitishga qarshi kurash tо‘g‘risida Konvensiya (1960 y), Fuqarolik va siyosiy huquqlar tо‘g‘risidagi Xalqaro Pakt (1966 y), Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar tо‘g‘risida Xalqaro pakt (1966 y), Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish tо‘g‘risidagi konvensiya (1979 y), Pekin deklaratsiyasi va Xarakatlar Platformasi (1995 y), Bola huquqlari tо‘g‘risida Konvensiya (1989 y) kiradi.

        Inson huquqlari bо‘yicha xalqaro qonunchilik barcha ishtirokchi davlatlar uchun, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.

        Milliy qonunchiligimizda ham inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, uning hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari ustuvorlik kasb etadi. Xususan, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26-moddasida: “Hech kimning qiynoqqa solinishi, zо‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas“, deb qayd etilgan.

        Sо‘nggi yillarda qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, ilgari “yopiq” bо‘lgan zо‘ravonlik mavzusini keng yoritish imkonini berdi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4235-sonli “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar tо‘g‘risida“gi Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi PQ-3808-sonli “О‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida“gi Qarori,  О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi PQ-3827-sonli “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zо‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida“gi Qarori, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil  11 fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bо‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ–4185-son qarori, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida“gi 3-son Qarori va boshqa hujjatlardan iborat.

        О‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tо‘g‘risida“ Qonunining maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. О‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14-moddasida nikoh tuzish ixtiyoriyligi, 19-moddasida esa, er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanishi va ular teng majburiyatlarga ega ekanligi qayd etilgan. 79-moddasida esa, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bо‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir kо‘rsatsa о‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bо‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi belgilangan. О‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksida zо‘ravonlikning turlari uchun javobgarlik belgilovchi normalar mavjud. Zо‘ravonlik yо‘li bilan sodir etiladigan jinoiy qilmishlar amaldagi Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida belgilangan jazolarni qо‘llash tahdidi bilan taqiqlangan.

 

Qarshi tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi L.Zayniddinova

Qashqadaryo viloyat sudya va sud xodimlariga “Adolat” axborot tizimlari hamda Interaktiv xizmatlardan foydalanish bо‘yicha trening bо‘lib о‘tdi

      Bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini sudlar faoliyatiga joriy etish va  sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar о‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa odil sudlovni amalga oshirish, sudlar faoliyatini ochiqligi va shaffofligi, tezkorligini ta’minlashda, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga о‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirishda, aholining sudga bо‘lgan ishonchini oshirishga yordam berida.

      О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 sentabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4818-sonli Qarorida ham sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar о‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilash yuzasidan bir qator muhim topshiriqlar berilganligi ham bu yо‘nalish hozirgi kunda dolzarb ekanligini anglatadi.

      Sudlarga “Adolat” axborot tizimlari kompleksi hamda Interaktiv xizmatlar portalidan (my.sud.uz) foydalanish bо‘yicha bilim va kо‘nikmalarini oshirish bо‘yicha joriy yilning 29 may kuni Qashqadaryo viloyat iqtisodiy sudi binosida hududiy trening bо‘lib о‘tdi.

Ushbu trening О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT TD “О‘zbekistonda qonun ustuvorligi yо‘lida hamkorlik” qо‘shma loyihasi menedjeri boshchiligida о‘tkazilib, trening о‘tkazilishidan asosiy maqsad sud raislari, sudyalar va sud xodimlarining “Adolat” axborot tizimlari kompleksi, uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlari va resurslari, ma’lumotlar bazalari, xizmat va modullardan hamda Oliy sudning interaktiv xizmatlar portalida ishlash tartibi va ahamiyati yuzasidan keng tushuntirishlar berish orqali sud xodimlarini bilim va kо‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat.

      Bundan tashqari, treningda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 sentabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-4818-sonli Qaroriga asosan:

      2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bо‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audio yozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish;

      2021 yil 1 iyuldan boshlab apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar о‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlash;

      2021 yil 1 oktabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida «SMS» xabar orqali bepul asosda xabardor qilish;

      2022 yil 1 yanvardan boshlab sud qarorlarini ish bо‘yicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bо‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etish;

      2022 yil 1 iyulga qadar sud hokimiyati organlari faoliyatida, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar kо‘rsatishni yо‘lga qо‘yish;

      2023 yil 1 yanvardan boshlab sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish;

      sudlar, Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yanada yaxshilash kabi 2020 ― 2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi va uning ahamiyati yuzasidan ham tushuntirishlar berib о‘tildi.

      Trening sо‘ngida yuqoridagi masalalar hamda sudlar faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar yuzasidan savol-javoblar bо‘lib о‘tdi.

Qarshi tumanlararo ma’muriy sudi hamda Qarshi harbiy prokuraturasi hamkorlikda Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida “Mening huquq va majburiyatlarim” mavzusida profilaktik tadbir о‘tkazildi.

        Tadbirda Qarshi tumanlararo ma’muriy   sudi sudyasi Akmal Bobonazarov, Qarshi harbiy prokurorining о‘rinbosari Sobirjon Ashrapov, Qarshi harbiy sudi raisi Sobir Alishayev va Qarshi tumanlararo fuqorolik sudining sudyasi Lochin О‘sarovlar ishtirok. Unda ma’ruzachilar harbiy xizmatchilarni huquqiy savodxonligini oshirish bо‘yicha ma’ruzalar qilishdi.

 

Tadbir yakunida harbiy prokuror о‘rinbosari va sudyalar harbiy xizmatchilarning oilaviy, mulkiy, qarz oldi-berdisi va boshqa munosabatlar bilan bog‘liq nizolari qay tartibda qonuniy hal etilishi haqidagi barcha savollariga batafsil javoblar berishib, sudlarga murojaat qilish tartiblari xususida  ma’lumotlar berishdi.

 

Uchrashuv harbiy xizmatchilar bilan yakka tartibda suhbatlar о‘tkazgan holda savol-javobga boy tarzda bо‘lib о‘tdi.

Sayyor qabullarda fuqarolarga huquqiy yordam

         Joriy yilning 20 may kuni Qashqadaryo viloyat sudi raisi A.Mahkamov, viloyat ma’muri sudi raisi X.Muxammedov hamda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik SH.Satvoldiyevlar tomonidan Qamashi tumani Sarbozor MFYda fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish va huquqiy yordam kо‘rsatish maqsadida sayyor qabullar о‘tkazildi. Mazkur sayyor qabulda tuman hokimi hamda mahalla noziri ishtirok etishdi.  

        О‘tkazilgan sayyor qabul davomida jami 30 dan ortiq fuqarolar qabul qilindi. Ushbu fuqarolar tomonidan asosan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, tijorat banklaridan kredit olishga doir va shu kabi boshqa masalalarda murojaat kelib tushgan.

Mazkur murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli maslahatlar berilib, huquqiy yordam kо‘rsatildi.

Bu kabi tadbirlar viloyat ma’muriy sudi rahbariyati tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Farg‘onada 1 ming 78 nafar muqaddam sudlangan shaxs yana jinoyatga qo‘l urgan

Farg‘onada sudlar tomonidan o‘tgan yilda 6 nafar fuqaroga nisbatan tergov organi tomonidan qo‘yilgan nohaq ayblovlar bekor qilinib, ularning barchasiga birinchi instansiya sudlari oqlov hukmlarini chiqargan.

Shuningdek, ushbu davrda 719 nafar shaxsga nisbatan 470 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilib (modda to‘liq ayblovdan chiqarilgan, modda qismi yoki bandi chiqarilgan yoki boshqa moddaga malakalanib hukm chiqarilgan) hukm o‘qildi.

Bu ma’lumotni Farg‘ona viloyati sudi raisi Shuhrat Kamolov xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasidagi viloyatda sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklari, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish borasida 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2021 yilda ko‘riladigan chora-tadbirlar haqidagi axborotida aytib o‘tdi.

Odil sudlovni amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida viloyat sudlari tomonidan 2020 yil davomida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, o‘tgan yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi va tuman (shahar) sudlari tomonidan jami 5 ming 282 nafar shaxsga nisbatan 4 ming 310 ta jinoyat ishi tamomlangan.

Tahlillar sudda ko‘rilgan mazkur shaxslarning 1 ming 78 nafari yoki 20,4 foizi muqaddam sudlangan shaxslar ekani, shuningdek, jinoyatlar asosan ichkilikbozlik, ishsizlik, oilaviy va qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqayotganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2020 yil 3 dekabrdagi hukmiga ko‘ra, A.Kojanova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 97-moddasining 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan Jinoyat Kodeksining 57-moddasi qo‘llanib, 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchining shaxsiga oid ma’lumotlar o‘rganilganida A.Kojanova muqaddam bir necha bor sudlanganligi, jinoyat sodir qilingan vaqtda vaqtincha ishsiz bo‘lgani, nikohi sud tomonidan bekor qilingan bo‘lib, 3 nafar farzandi borligi, Farg‘ona shahri, Yuksalish ko‘chasi, 84-uy, 5-xonadonda doimiy ro‘yxatda tursada, jinoyat sodir etilgan vaqtda Farg‘ona shahri, A.Yassaviy ko‘chasi, 40/B-ko‘p qavatli uy balkoni ostida yashab kelgani ma’lum bo‘ldi.

Bu esa, o‘z navbatida, ichki ishlar idoralari xodimlari va mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida joylarda aholi o‘rtasida, xususan, muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmayotganligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur fuqaroning muammolariga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligidan, uni ish va yashash joyi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmaganligidan dalolat beradi.

Skip to content