Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida

      Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida, sо‘nggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bо‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga о‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, umuman odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash imkonini berdi.

     Shu bilan birga, bugungi kunda sudlarda ishlarni kо‘rishda kо‘pgina vazirlik va idoralar bilan ma’lumot almashinuvi ularning axborot tizimlari о‘zaro integratsiya qilinmaganligi sababli asosan qog‘oz shaklida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, sudlar tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga kо‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar turini kengaytirish bо‘yicha ishlarni jadallashtirish talab etiladi.

     Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish, sudlar va boshqa idoralar о‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilash, shuningdek О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida»gi PF-6034-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:

    1.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 avgustdagi PQ-3250-son qarori bilan tasdiqlangan 2017-2020 yillarda Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish dasturining ijrosi natijasida sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar о‘rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini Internet tarmog‘ida e’lon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari joriy etilganligi ma’lumot uchun qabul qilingan.

     2.Quyidagilar sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichdagi vazifalari etib belgilangan:

     fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga kо‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni kо‘rib chiqish jarayonining onlayn kuzatib borilishini ta’minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish;

     sudlarda odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan ma’lumotlarning tezkorlik bilan olinishini ta’minlash uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan elektron ma’lumotlar almashinuvini yanada kengaytirish;

maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

     sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish bо‘yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish;sudning axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlari axborot va kiberxavfsizligini ta’minlash, xizmat axborotlari va ma’lumotlarini kompleks himoya qilish bо‘yicha choralarni kuchaytirish.

      3.Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan:

     2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bо‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish;

    2021 yil 1 iyuldan boshlab apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar о‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlash;

    2021 yil 1 oktabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida «SMS» xabar orqali bepul asosda xabardor qilish;

     2022 yil 1 yanvardan boshlab sud qarorlarini ish bо‘yicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bо‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etish;

      2022 yil 1 iyulga qadar sud hokimiyati organlari faoliyatida, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar kо‘rsatishni yо‘lga qо‘yish;

2023 yil 1 yanvardan boshlab sud ishlarini davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish;

sudlar, Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy maktabida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini yanada yaxshilash.

       4.Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bо‘yicha “yо‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan:

     28 ta davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini kо‘rib chiqish qabulxonalari axborot tizimlarini Oliy sudning axborot tizimiga bosqichma-bosqich ulash;

      sudlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga taqdim etiladigan ma’lumotlarni elektron shaklda yuborish;

     muayyan ishni kо‘rish jarayonida zarur bо‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni fuqarolarni ovora qilmagan holda sudlar tomonidan bevosita davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish;

    sudlar tomonidan jarimalarni kamaytirish yoki ularni qо‘llamaslik masalalarini kо‘rib chiqishda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» va boshqa axborot tizimlarining integratsiyasi orqali fuqaroning mulkiy holati va ijtimoiy ahvoli haqidagi ishonchli ma’lumotlar bilan tanishish;

    sudlar tomonidan aliment miqdorini belgilashda tumanlar kesimida о‘rtacha oylik ish haqlari tо‘g‘risida ma’lumotlarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olish.

     Belgilansinki, Oliy sud axborot tizimi bilan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi mavjud ma’lumotlar sudlarning elektron sо‘rovi bо‘yicha bepul asosda taqdim etiladi.

       5.2022 yil 1 yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarni beruvchi «Adolat» axborot tizimlari kompleksi joriy etilgan:

      davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xо‘jalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga da’vo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish;

     manfaatdor shaxslar tomonidan da’vo, ariza va shikoyatlarni kо‘rib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish;

   sud majlisi ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlar va hujjatlarni elektron shaklda yuborish;

    sud hujjatlarini sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimidan foydalangan holda avtomatlashtirilgan ravishda shakllantirish.

        6.Oliy sud 2020 yil yakuniga qadar, sud majlislarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish imkonini beruvchi mobil dasturni ishlab chiqsin va uni amaliyotga joriy etish;

      Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda jazoni ijro etish muassasalarida maxsus xonalarni mahbuslarning sud majlislarida va sud rahbariyati qabullarida videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishlari imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlash choralarini kо‘rish.

        7.Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudning 2022 yil 1 yanvardan boshlab Sudyalar oliy kengashiga sudyalar, sudyalik lavozimlariga nomzodlar tomonidan elektron murojaat qilish, suhbat jarayonida beriladigan savollar va vazifalarni axborot tizimi yordamida avtomatlashtirilgan holda tanlash;

      Sudyalar oliy maktabiga uning rasmiy veb-sayti orqali ariza va murojaatlarni yо‘llash, professor-о‘qituvchilar va tinglovchilarning reyting kо‘rsatkichlarini elektron tarzda shakllantirish, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining о‘quv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish tartibini о‘rnatish.

        8.«UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi» davlat unitar korxonasi hamda uning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar zimmasiga sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilishi rejalashtirilgan axborot tizimlarini ishlab chiqish hamda ularning axborot va kiberxavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

    Belgilansinki, axborot tizimlarini ishlab chiqish Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Sudyalar oliy maktabining buyurtmasi asosida doimiy ravishda «UNICON.UZ» fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi» davlat unitar korxonasi hamda uning tashkiliy tuzilmasidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi, ularni ishlab chiqish uchun shartnomalar belgilangan tartibda tuziladi hamda shartnoma narxi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilangan о‘rtacha bozor narxi asosida shakllantiriladi.

        9.Hududlarda sudyalar hamda sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bо‘yicha о‘qitish uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari biriktirish.

    Oliy sud Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari bilan birgalikda har yili 1 dekabrga qadar keyingi yil uchun sudyalar hamda sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bо‘yicha о‘qitish yuzasidan hududlar kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlash.

         10.Sudyalar oliy maktabi bir oy muddatda sudyalik lavozimiga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bо‘yicha tashkil etilgan ta’lim yо‘nalishlarining о‘quv dasturlariga sudlar faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlaridan foydalanish bо‘yicha alohida о‘quv modulini kirish.Sud tizimi uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi, xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlarning mablag‘lari;

         11.sudlar faoliyatini raqamlashtirishda zarur kompyuter, server va boshqa uskunalarni xarid qilish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi, xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

          12.Mazkur qarorning samarali ijro etilishini ta’minlash maqsadida: Oliy sud raisi (K. Kamilov) va Sudyalar oliy kengashi raisi (X. Yodgorov) Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari yig‘ilishida hamda xalqaro anjumanlarda sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etiladigan axborot tizimlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirishdagi ahamiyatini muhokama qilsin, shuningdek sudyalar va sudlar apparati xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish choralarini kо‘rish;

    Oliy sud raisi (K. Kamilov), axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri (SH. Sadikov) Dastur va «Yо‘l xaritasi»da belgilangan chora-tadbirlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta’minlash;

     investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi о‘rinbosari (L. Qudratov) Oliy sud raisi (K. Kamilov) bilan birgalikda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bо‘yicha qarorda belgilangan loyihalar va tadbirlar ijrosini ta’minlash uchun xalqaro grant, donor tashkilotlar va xorijiy hamkorlar mablag‘larini jalb qilish choralarini kо‘rish;

   О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi ― IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i (O. Umarov) Dastur va «Yо‘l xaritasi»da nazarda tutilgan tadbirlarning о‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga kо‘maklashish;

     Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori (A. Xodjayev) Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya va «Dunyo» axborot agentligi bilan birgalikda aholi, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamjamiyati orasida sud hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilgan axborot tizimlari hamda ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlar haqida keng targ‘ibot ishlarini, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy roliklarni muntazam ravishda joylashtirish choralarini amalga oshirish Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorakda axborot berib borish.Oliy sud manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan о‘zgartirish va qо‘shimchalar tо‘g‘risida takliflar kiritish belgilangan.


Qarshi tumanlararo

 ma’muriy sudi sudyasi                                                                           B.Uralov

Davlat organlari bilan munosabatlarda aholining sudlarga bо‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari

     Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda ma’muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish maqsadida:

  1. Ma’muriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilingan.
  2. Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni kо‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining haqiqiy himoyachisiga aylantirishga qaratilgan quyidagi tartiblarni protsessual qonun hujjatlarida belgilanishini:

    ma’muriy sud ishlarini yuritishni «sudning faol ishtiroki» tamoyili asosida amalga oshirish, bunda ma’muriy sudlarga ishning haqiqiy holatlarini aniqlash uchun о‘z tashabbusi bilan dalillarni yig‘ish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subyektiga esa dalillarni yig‘ishda faqat о‘z imkoniyati doirasida ishtirok etishga sharoit yaratish;

    huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subyektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bog‘lanishda bо‘lgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqini taqdim etish hamda bunday talablarni kо‘rib chiqishni ma’muriy sudlar vakolatiga о‘tkazish;

   ma’muriy sudlarning ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bо‘yicha hal qiluv qarorlari davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ijro qilinmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalarini qо‘llash;

    ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bо‘yicha taraflar о‘rtasida yarashuvga erishish mexanizmlarini joriy qilish.

  1. Jamiyatda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining haqiqiy himoyachisiga aylantirish maqsadida mazkur qarorning 2-bandiga asosan protsessual qonun hujjatlarida belgilanayotgan tartiblar doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

    taraflarga, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bо‘yicha kelishuv bitimini tuzish huquqini berish;

    davlat organlari yoki tashkilotlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bо‘yicha hal qiluv qarorini u qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy davomida ijro qilish hamda bu haqda ma’muriy sudga xabar berish;

    davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bо‘yicha sud hujjati ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimasini qо‘llash;

    davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish bо‘yicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan dastlab qо‘llanilgan sud jarimasini oshirilgan miqdorda qо‘llash.

  1. Oliy sud va Sudyalar oliy kengashining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullangan:

    sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli bо‘lmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish bо‘yicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash, bunda da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni kо‘rib chiqishga vakolatli sudga о‘tkazish;

ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar boshqa ishni kо‘rayotgan fuqarolik ishlari bо‘yicha sud uchun majburiy hisoblanishini belgilash;

bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bо‘yicha sudga taalluqli bо‘lgan bir nechta talabni birlashtirishni taqiqlash.

  1. Oliy sud manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

    ikki oy muddatda sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni uni kо‘rib chiqishga vakolatli sudga о‘tkazish bо‘yicha «О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida»gi qonun loyihasini;

   uch oy muddatda ommaviy-huquqiy nizolarni hal etish bо‘yicha ijobiy xalqaro tajribani inobatga olgan holda «О‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish tо‘g‘risidagi kodeksiga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini;

   bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan о‘zgartirish va qо‘shimchalar tо‘g‘risida takliflarning kiritilishini ta’minlash begilangan.




Qarshi tumanlararo

Ma’muriy sud raisi                                                                                 A.Xushvakov

Tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash

      Biznes yuritish shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirishga oid islohotlarni izchil davom ettirish, tadbirkorlarni qо‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish, ularni zarur moliyaviy va infratuzilmaviy resurslar bilan ta’minlash maqsadida:

  1. 2021 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashning quyidagi qо‘shimcha choralari joriy etilgan:
  2. a) Tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan :

    Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bо‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etiladi;

    «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida rо‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bо‘lmagan tijorat banklari kreditlari bо‘yicha kafillik beriladi;

     tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari bо‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’i nazar beriladi. Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd sо‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd sо‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozim;

  1. b) Eksportni rag‘batlantirish agentligi eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular bо‘yicha tо‘lovlarni kechiktirib tо‘lash sharti bilan eksport qilinganda, ularning aylanma mablag‘larini tо‘ldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etadi. Bunda, ushbu resurslar hisobidan kreditlar tо‘lovlar kechiktirilgan muddatga va eksport qilinayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan kо‘p bо‘lmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan ajratiladi.
  2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar Tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafillik va kompensatsiyalaridan foydalanish huquqiga egaligi ma’lumot uchun qabul qilingan.
  3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlarning 70 foizi kichik biznes loyihalariga, 30 foizi ustuvor ravishda о‘zini о‘zi band qilishga (tomorqadan unumli foydalanish, uy sharoitida hunarmandchilikni va kasanachilikni rivojlantirish) yо‘naltirilgan. Bunda, ajratiladigan mablag‘larning kamida 15 foizi joylarda, ayniqsa shaharlarda xizmat kо‘rsatish sohasida kichik loyihalarni moliyalashtirishga qaratiladi.
  4. xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini auksionga qо‘yishda ularning boshlang‘ich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati;

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jо‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga yer uchastkasiga mulk huquqi va ijara huquqini auksionga qо‘yishda boshlang‘ich narxga chegirma belgilanadigan olis va chekka hududlar chegaralarini belgilash vakolati berilgan.

  1. 2021 yil 1 iyundan boshlab infratuzilmaga yaqin joylarda, shu jumladan respublika ahamiyatidagi yо‘llarga tutash bо‘lgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan rо‘yxat bо‘yicha unumdorligi past, foydalanishda bо‘lmagan qishloq xо‘jaligi yerlarini sanoat va xizmat kо‘rsatish obyektlarini barpo etish uchun loyiha asosida investorlarga «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali ajratishga ruxsat berilgan.
  2. Bosh vazir о‘rinbosarlari J. Qо‘chqorov va SH. G‘aniyev Qishloq xо‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 15 mayga qadar qishloq xо‘jaligi yerlarini xatlovdan о‘tkazgan holda sanoat va xizmat kо‘rsatish obyektlarini barpo etish uchun ajratiladigan unumdorligi past, foydalanishda bо‘lmagan qishloq xо‘jaligi yerlari rо‘yxatini shakllantirgan hamda ularning aniq chegarasi va maydonini kо‘rsatgan holda har bir tuman kesimida tasdiqlanishini ta’minlangan.
  3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand shaharlari, Urgut va G‘ijduvon tumanlarida zamonaviy savdo va sanoat hududlarini tashkil etish, ularda savdo-ishlab chiqarish obyektlarini qurish va sotish uchun infratuzilma mavjud bо‘lgan kamida 20 gektar maydondan yer uchastkalarini tadbirkorlik subyektlariga auksion orqali (shu jumladan, tо‘lovni bо‘lib-bо‘lib tо‘lash sharti bilan hamda auksionni yagona ishtirokchi bilan о‘tkazishga ruxsat bergan holda) ajratish bо‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilgan.

    Bunda, savdo va sanoat hududlarini tashkil etishning asosiy sharti binolarning birinchi qavatida savdo va xizmat kо‘rsatish obyektlari, yuqori qavatlarida ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish hisoblanadi.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021-2022 yillar davomida kamida 500 ta mahalla fuqaro yig‘inlarining eski binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy kо‘rinishda qayta qurish bо‘yicha tadbirkorlik subyektlari bilan kelishuvga erishilishini ta’minlangan.

    Bunda, 1 qavatli bino о‘rniga 2-3 qavatli bino qurilishi, uning 2 va 3-qavatlarida kichik ishlab chiqarish, savdo va maishiy xizmat kо‘rsatish obyektlari, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni kasb-hunarga о‘qitish markazlarini tashkil qilish uchun tekin foydalanish asosida 30 yilga tadbirkorlik subyektining ixtiyorida qoldirilishini nazarda tutilgan.

  1. 2021 yil 1 iyundan boshlab uch yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat kо‘rsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida tо‘lab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga kо‘ra soliq qarzini tо‘lash imkoniyatiga ega bо‘lmayotgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni bо‘lib-bо‘lib tо‘lash;

    uch yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qilish bilan shug‘ullanayotgan, bojxona tо‘lovlari bо‘yicha majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga kо‘ra tо‘lovlarni belgilangan muddatda tо‘lash imkoniyatiga ega bо‘lmayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona tо‘lovlarini bо‘lib-bо‘lib tо‘lash huquqi beriladi.

Bunda, ushbu tartib bо‘yicha garovsiz bо‘lib-bо‘lib tо‘lanadigan soliq yoki tо‘lovlar summasi tadbirkorlik subyekti tomonidan oxirgi uch yil davomida tо‘langan soliq yoki bojxona tо‘lovlari summasining 50 foizidan oshmasligi lozim.

Moliya vazirligi Davlat soliq qо‘mitasi va Davlat bojxona qо‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqqan holda soliqlar hamda bojxona tо‘lovlarini bо‘lib-bо‘lib tо‘lashning vaqtinchalik tartibini tasdiqlangan.

  1. 2021 yil 1 maydan boshlab chet eldan xorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yо‘l qо‘ygan eksport qiluvchilar va «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimida tovarlarni respublikaga olib kirish va rasmiylashtirishni, ishlarni bajarish yoki xizmatlar kо‘rsatishni о‘z vaqtida ta’minlamagan import qiluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytirilgan.

    2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bо‘yicha muddati о‘tgan debitor qarzdorlik uchun xо‘jalik yurituvchi subyektlarga jarimalar qо‘llash tо‘xtatilgan va debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblangan.

  1. Belgilansinki, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab ijro ishini yuritish doirasida qarzdordan undirilgan pul summalari ijro hujjatlari bо‘yicha barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarli bо‘lmagan taqdirda, byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha talablar, kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan ta’minlanmagan talablari, shu jumladan qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summa yetarli bо‘lmaganligi tufayli qanoatlantirilmagan talablari bir navbatda (tо‘rtinchi navbatda) qanoatlantiriladi.

    Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bо‘yicha vakil Vazirlar Mahkamasi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur banddan kelib chiqadigan о‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlangan.

  1. Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment о‘tkazilishini muvofiqlashtirish bо‘yicha ishchi guruhi faoliyatini tugatish tо‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

    Investorga yer uchastkasini dastlabki zaxiralash tо‘g‘risida Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilinmagan investitsiya loyihalari bо‘yicha Ishchi guruh qarorlari bekor qilinngan.

  1. Qurilish vazirligi, Suv xо‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qо‘mitasi, Avtomobil yо‘llari qо‘mitasi uch oy muddatda transport maqsadlariga mо‘ljallangan yerlar, suv obyektlari, gidrotexnika inshootlari, magistral quvurlar, elektr tarmoqlari obyektlarining muhofaza zonasi chegaralarini belgilash parametrlarini ularning maqbullashtirilishini nazarda tutgan holda qayta kо‘rib chiqgan va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilgan.
  2. Kadastr agentligi 2021 yil 1 sentabrga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga «YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish obyekti tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyinchalik ularni elektron onlayn-auksionga qо‘yish masalasini belgilangan tartibda kо‘rib chiqish uchun joylashtirish bо‘yicha takliflarni kiritish, shuningdek, yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish jarayonini kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirilishini ta’minlangan.
  3. Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda kо‘p qavatli uylarning yertо‘lalaridan tadbirkorlik maqsadida foydalanish, turar joyni noturar joy toifasiga о‘tkazishga ruxsat etish tartib-taomillarini soddalashtirish bо‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.
  4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

   ikki oy muddatda yengil konstruksiyali xizmat kо‘rsatish shoxobchalarini auksion savdolari orqali joylashtirish tartibini joriy etish;

bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan о‘zgartirish va qо‘shimchalar tо‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritgan.

     Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir о‘rinbosarlari J.A. Qо‘chqorov, S.О‘. Umurzakov va SH.M. G‘aniyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilangan.


Qarshi tumanlararo

ma’muriy sudi sudyasi                                                                                          B.Uralov          

Odam savdosi va zо‘ravonlikka qarshi kurash

     Odam savdosi – kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, о‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni tо‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadidaularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka о‘xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki tо‘qimalarini ajratib olishni anglatadi.
     Bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, kо‘p va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega hujjatlari qabul qilingan bо‘lib, ular doirasida ushbu xavfga qarshi dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar kо‘rilmoqda.
     «Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash tо‘g‘risida»gi Konvensiya (1949), «Qullik va qul savdosini, qullikka о‘xshash institutlar va odatlarni bekor qilish tо‘g‘risida»gi qо‘shimcha Konvensiya (1956), «Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash haqida»gi Konvensiyani tо‘ldiruvchi «Odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini tо‘xtatish, oldini olish va uning uchun jazo tо‘g‘risida»gi bayonnoma (2000) bu borada dasturiy hujjat vazifasini о‘tamoqda. Odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2005 yili MDH doirasida «Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish tо‘g‘risida»gi kelishuv, 2006 yilda sakkiz a’zo mamlakat doirasida «Odam savdosiga qarshi kurashning 2007-2010 yillarga mо‘ljallangan dasturi» qabul qilingan edi. Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bо‘lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu illat bilan kurashishda nafaqat davlat tashkilotlari, shu jumladan, nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar ham manzilli ishlarni amalga oshirmoqda.

     Xalqaro mehnat tashkilotining hisob kitoblariga kо‘ra butun dunyoda 21 million kishi majburiy mehnatning jabrlanuvchilari hisoblanadi.
     Dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanishadi. BMT ma’lumotlariga kо‘ra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.
   Bugungi kunda kо‘plab xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan normalar milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilingan. Xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan odam savdosiga qarshi kurashish bо‘yicha о‘ttizdan ortiq ikki tomonlama shartnoma va bitimlar imzolangan. 2008 yilda esa «Odam savdosiga qarshi kurashish tо‘g‘risida’Ti Qonun qabul qilindi. Ammo bu xotirjam bо‘lishimiz uchun yetarli emas. Shu bois, О‘zbekistonda odam savdosi, xususan, uning transmilliy kо‘rinishlariga qarshi qat’iy choralar qabul qilinmoqda.
      Odam savdosiga qarshi kurashishda aholi, ayniqsa, yoshlar о‘rtasida ushbu illatning xavfi va oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarni bu boradagi vaziyatdan ogoh etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugun targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini о‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
   Xulosa tariqasida aytganda, odam savdosining har qanday kо‘rinishiga qarshi kurashish davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ota-ona, mahalla va ta’lim muassasalari xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv va о‘zaro hamkorlikka asoslansagina kо‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
     Keyingi dolzarb masala zо‘ravonlikka qarshi kurash masalasi bо‘lib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini har qanday shakldagi tazyiq va zо‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishi alohida nazoratga olingan. Tazyiq va zо‘ravonlikdan jabr kо‘rgan xotin- qizlarga davlat himoyasini takdim etish tartibi, xotin-qizlarga tazyiq о‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zо‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoki bir guruh shaxslarga nisbatan belgilangan ta’sir kо‘rsatish choralari qо‘llanishiga sabab bо‘ladigan hujjat sifatida «Himoya orderi»ni berish tizimi 2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan «Xotin- qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tо‘g‘risida’Ti Qonunda belgilab qо‘yildi. Tazyiq va zо‘ravonlikning ham bir qancha kо‘rinishlari mavjud bо‘lib, mazkur Qonunda ularga quyidagicha ta’rif berilgan:

jinsiy zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zо‘ravonlik shakli, shuningdek zо‘rlik ishlatish yoki zо‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash;
jismoniy zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bо‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam kо‘rsatmaslik, zо‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir о‘tkazish yoki bunday ta’sir о‘tkazishning о‘zga choralarini qо‘llash bilan taxdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zо‘ravonlik shakli;
zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir о‘tkazish yoki bunday ta’sir о‘tkazish choralarini qо‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);
iqtisodiy zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zо‘ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bо‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik); ruhiy zо‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zо‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlanuvchida о‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, о‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik);
tazyiq — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik; Aslida tabiatning nozik xilqati sanalmish ayollar huquqlariga xalqaro miqyosda e’tibor Ikkinchi jahon urushining sо‘nggi yillarda boshlangan bо‘lib, 1948 yil Y.dekabrda BMT tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi va uning ikkinchi moddasida Deklaratsiyada bayon qilingan xuquqlar erkaklarga ham ayollarga ham hech qanaqa cheklashlarsiz birdek taaalukdi ekanligi mustahkamlab qо‘yildi. Shundan keyin BMT tomonidan Ayollarga nisbatan Diskriminatsiyani bartaraf etish deklaratsiyasi (1967 yil) hamda Ayollarga nisbatan diskriminatsiyaning barcha shakllarni bartaraf etish haqidagi konvensiyaning qabul qilinishi ham ayollar huquqlariga e’tiborning jadallashuviga turtki bо‘lganligi shubxasiz. 1975 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro ayollar yili deb e’lon qilinishi, 1976-1985 yillar Ayollar о‘n yilligi deb e’lon qilinishi butun dunyoda ayolar huquqlarining prinsipial masala sifatida qо‘yilishiga asos bо‘lgan. 1985 yilda Ayollar ahvoli yuzasidan Nayrobi (Keniya)da о‘tkazilgan xalqaro Konferensiyada ‘Tender tenglik” tushunchasi yangicha mazmun bag‘ishlagan.

     1993 yilda Venada о‘tkazilgan Inson huquqlari bо‘yicha Xalqaro konferensiya kun tartibiga Ayollarning inson sifatidagi huquqlari umuminsoniy haq-huquqlarning ajralmas qismi ekanligi haqidagi masala qо‘yilgan, 1993 yilda Ayollarga nisbatan zо‘ravonlikka qarshi kurash tо‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilingan. Xalqaro miqyosida va milliy qonunchiligimizda xotin qizlar huquqlariga qanchalik e’tibor qaratilgan bо‘lishiga qaramasdan, ayollarga nisbatan maishiy zо‘ravonlik, tajovuzkorlik, ruhiy zо‘ravonlik, ish haqlaridagi nomutanosibliklar kabi muammolar hali ham uchrab kelmoqda.
      Shu jihatlarni inobatga olgan holda, «Himoya orderi» degan tushunchaning kirib kelishi, uning amaliyotga joriy etilganligi xotin -qizlar huquqlari ta’minlanishini yangi bosqichga olib chiqadi, albatta.
      Buning uchun nafaqat xotin-qizlarimiz orasida balki keng jamoatchilik orasida “himoya orderi” va uning qо‘llanilishi haqida tushuntirish ishlarini olib borishimiz lozim. Zero, qancha kо‘p kishilarni biz xabardor qila olsak bu tо‘g‘risida qaysidir ma’noda jamiyatimizda xotin qizlarimiz yanada himoyalanganligini namoyon eta olamiz.
      Qonunga kо‘ra, tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlanuvchi ayol о‘ziga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlik sodir etilgani yoki ularni sodir etish tahdidi tо‘g‘risida ariza bilan tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish huquqiga ega. Shuningdek, ular maxsus markazlarda, ishonch telefoni orqali bepul huquqiy maslahat oladi. Ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish, ichki ishlar organlariga himoya orderi berish tо‘g‘risidagi talabbilan murojaat qilishga haqli.

      Bundan tashqari Qonunda, tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning о‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish tо‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji tо‘lashdan ozod qilinishi kо‘rsatib о‘tildi. Qonunda vakolatli organlarning xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilishdagi vakolat yо‘nalishlari aniq belgilab berildy. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yilning 4 yanvar kuni qabul qilingan «Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomilashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida’’gi Qaror bilan Nizom tasdiqlangan bо‘lib, ushbu Nizom ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va (yoki) zо‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini, shuningdek tazyiq va zо‘ravonlik sodur etgan yoki sodir etishga moyil bо‘lgan shaxslarga himoya orderining nusxasini berish tartibini belgilaydi. Nizomga asosan, tazyiq va zо‘ravonlik qurbonining murojaati;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar;
tazyiq yoki zо‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar Himoya orderi qо‘llashga asos bо‘ladi.
     Himoya orderi- tazyiq va zо‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida va 30 kun muddatga profilaktika inspektorlari tomonidan beriladi. Himoya orderi amal qilishi davrida xavf bartaraf etilmagan bо‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati jabrlanuvchining arizasiga kо‘ra kо‘pi bilan о‘ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin. Umuman olganda, qabul qilingan ushbu qonun hamda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar jamiyatda, turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida hamda boshqa joylarda xotin-qizlarga bо‘lgan hurmatni oshirish, tazyiq va zо‘ravonlik hollarining oldini olishga, ularning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.




Qarshi tumanlararo ma’muriy
sudining sudyasi                                                                                    L.S.Zayniddinova

Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha 2021-2022-mо‘ljallangan davlat dasturining ahamiyati haqida

Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bо‘yicha izchil choralar kо‘rilmoqda.

Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yо‘lga qо‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Ilk bor korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bо‘lgan alohida organ – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xо‘jalik yurituvchi subyektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yо‘lga qо‘yilmoqda.

Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini kо‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yо‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi kо‘plab sohalarda korrupsiya va suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, kо‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yо‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bо‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Farmoni bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha 2021-2022 yillarga mо‘ljallangan davlat dasturi tasdiqlandi.

Davlat dasturida quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan, ya’ni: Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish hamda xodimlarning kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlari (meritokratiya tamoyili) asosida xizmat pog‘onalarida kо‘tarilishi, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishning shaffof mexanizmlarini joriy etish hamda ularning aniq vazifalarini belgilash;

Davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini qabul qilish;

Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri yuritilishini yо‘lga qо‘yish;

Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish;

Davlat organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini yaratish;

Korrupsiyaning oldini olish va uning fuqarolik-huquqiy oqibatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qо‘shimcha chora tadbirlar tо‘g‘risida”gi Qarori bilan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bо‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PF-6257-son Farmoniga muvofiq hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini samarali tashkil etish maqsadida, 2021 yil 1 sentabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarda (keyingi о‘rinlarda – davlat organlari va tashkilotlari) ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish hamda tanlov doirasida о‘tkaziladigan sinov tadbirlarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida kuzatishni nazarda tutuvchi tartib joriy etilishi belgilandi.

2021 yil 1 oktabrdan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida mavjud shtat birliklari doirasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yо‘lga qо‘yilishi, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar tо‘qnashuviga yо‘l qо‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini kо‘rish uchun mas’ul hisoblanishi qayd etildi.

Shuningdek, Qarorda 2021 yil 1 dekabrga qadar daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bо‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularni qayta ishlash va tekshirishning elektron axborot tizimini yaratish, shuningdek, 2022 yil davomida uni soliq, bojxona, davlat kadastri va boshqa tegishli organlar ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish choralarini kо‘rish, 2022 yil 1 yanvarga qadar mutasaddi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi bilan Elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali integratsiyalashgan Korrupsiyaviy xavflarni baholash elektron tizimini ishga tushirish belgilangan.

 

 

Qashqadaryo viloyat ma’muriy
sudining sudyasi                                                                                                      B.Qilichov

О‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar

          Mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining о‘ziga xos modelini yaratishga qaratilgan keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh etish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalarni rivojlantirish borasidagi islohotlar jarayoni bugun ham davom etib kelmoqda.

          Bunday yangi demokratik shart-sharoitlar davlat hokimiyati va boshqaruvining samaradorligini oshirish, fuqarolik jamiyati qurilishi tamoyillari va asoslariga mos tarzda boshqaruvni amalga oshirishni taqozo etadi. Ayniqsa, rahbar va boshqaruv xodimlari mas’uliyatini oshirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

          Ma’lumki, jinoyatchilik jamiyatimiz taraqqiyotiga, oldimizga qо‘ygan ezgu maqsadlarga erishish yо‘liga jiddiy tо‘siq bо‘layotgan noxush kо‘rinishlardan biridir. Zimmalariga jamiyatda qonun ustivorligini, ijtimoiy adolatni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni Konstitusiya va qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalash kabi yuksak mas’uliyat yuklangan shaxslar tomonidan amaldagi qonunlarni nazar pisand etmaslik, о‘z shaxsiy manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan ustun qо‘yilishi mutlaqo murosa qilib bо‘lmaydigan holdir. Davlat apparatining normal faoliyatiga qarshi qaratilgan bunday ijtimoiy xavfli qilmishlar jamiyatning ravnaqiga jiddiy putur yetkazadi, unga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.

          Korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik kо‘rsatish ifodasidir. Unda о‘z umrini yashab bо‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni о‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda ularning rivojlanishini sekinlashtirib qо‘yishga harakat qiladigan ma’muriy buyruqbozlik tizimi bilan “xufyona” iqtisodiyotning manfaatlari obyektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va
urug‘-aymoqlarning manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qо‘yadi. Bu esa mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yо‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bо‘lmaydigan zarar yetkazadi”.

          Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda tо‘g‘anoq bо‘ladigan muammolardan biri korrupsiyadir deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar о‘rtasida ikki va kо‘p tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz tо‘siq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili о‘nlab qо‘shma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “kо‘rinmas qо‘llar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga о‘xshaydi.

Poraxо‘rlik va korrupsiya о‘zbek jamiyatining rivojlanishiga, xususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash jarayoniga har jihatdan xalaqit bermoqda. Garchi, bu masala uzoq yillardan beri ta’kidlanib, “qо‘lga tushgan” amaldorlar televideniye va matbuotda namoyish etilganiga qaramasdan, sud, prokuratura va boshqa idora rahbarlari hamda oddiy fuqarolarning qon-qoniga singib ketgan feodalizm sarqitlari, ta’magirlik, byurokratiya jamiyatimiz hayotidan yо‘qolib ketmayapti.

          Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, о‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini kо‘paytiradi; uchinchidan, siyosiy institutlar, jamoat tashkilotlari shaklan demokratik mezon, g‘arb andozasiga о‘xshasa-da, mazmun-mohiyatiga kо‘ra, zamon talabidan orqada qolmoqda, bu kamchilik esa oldinga siljishimizga xalaqit beradi.

          Jamiyatda ustuvor soha – ta’lim tizimida tahsil oladigan о‘smirlar, yoshlar ongida tolerantlikni uyg‘otish muammosi oldimizda kо‘ndalang turibdi. “Jamiyatda poraxо‘rlik illatini yengib bо‘lmaydi”, degan fikr yoshlar ongida shakllanib qolgani eng katta kamchiligimiz.

          Bu borada о‘nglanish, siljish qilmasak, millatimiz obrо‘siga korrupsiya illati soya solib turaveradi. Toki, biz oilada, bog‘chada, maktabda о‘g‘il-qizlarimiz ongiga, ruhiyatiga ta’magirlik, poraxо‘rlik yomon illatgina emas, balki u jamiyatimiz tanazzuli, iqtisodiyotimiz orqaga ketishi sababi ekanligi haqida kо‘proq tarbiyaviy va targ‘ibot ishlarini olib bormasak maqsad-muddaoga erisha olishimiz qiyin.

          Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar orasida poraxо‘rlik eng ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Sababi, poraxо‘rlik jinoyatlari davlat apparati negizini ichidan yemirilishi xavfini vujudga keltiradi.

          Poraxо‘rlik о‘z ichiga bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bо‘lgan uchta jinoyat tarkiblarini qamrab oladi: pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish.

Bu turdagi jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi quyidagilar bilan belgilanadi:

-davlat organi yoki boshqa tashkiliy tuzilmalarning samarali faoliyat olib borishiga tо‘sqinlik qiladi;

-boshqaruv apparatini obrо‘sizlantiradi;

-fuqarolarning huquq va erkinliklariga putur yetkazadi;

-davlatning boshqa xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik munosabatlarida ishonchsizlik tug‘diradi;

-pirovard natijada davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotini izdan chiqaradi;

-korrupsiyaning rivojlanishi davlatning milliy xavfsizligiga tahdid soladi;

Poraxо‘rlik jinoyatlari orasida eng jirkanch va xavflisi pora olish jinoyati bо‘lib, pora olish deganda mansabdor shaxsning о‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bо‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini kо‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf kо‘rishi tushuniladi.

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, ayniqsa, mansabdorlar tomonidan sodir etilayotgan poraxо‘rlik jinoyatlarining oldini olish va ularni fosh etish borasida muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

         2008 yil 7 iyulda О‘zbekiston Respublikasining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktabr) О‘zbekiston Respublikasining qо‘shilishi tо‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan va bu Konvensiya О‘zbekiston Respublikasi uchun 2008 yil 28 avgustdan kuchga kirgan. 2010 yilda О‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qо‘shildi. Sо‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi tо‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik tо‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi tо‘g‘risida”gi, “Tezkor-qidiruv faoliyati tо‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat tо‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari tо‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. 

         2014 yil 14 maydagi “О‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish tо‘g‘risida”gi Qonuni asosida Jinoyat kodeksining 211 va 212-moddalari (ya’ni pora berish hamda pora olish-berishda vositachilik qilish)ga kiritilgan о‘zgartish va qо‘shimchalar ham bu toifali jinoyatlarga qarshi kurashning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

         Bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2017 yil 3 yanvar kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Korrupsiyaga qarshi kurash tо‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi va qonun 2017 yil 4 yanvardan kuchga kirdi.

Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlarini keltirib о‘tadi. Bu Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda qabul qilinganligini ta’kidlash zarur.

         Endi korrupsiya, ya’ni poraxо‘rlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suiste’mol qilish, tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik asosida davlat tashkilotlarida ish tashkil qilib, iste’dodli kadrlarning о‘sishiga tо‘siq bо‘lish, jismoniy hamda yuridik shaxslarning davlat tomonidan qonun bilan kafolatlangan holda berilgan huquqlarini buzish, о‘z vazifasi bо‘yicha belgilangan majburiyatlarini bajarishni paysalga solib, ta’magirlik qilish kabi holatlarda bunday qabihliklarni amalga oshirganlar uchun davlatning qat’iy jazosi muqarrarligi aniq-ravshan belgilandi.

         Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tо‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan tо‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday kо‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan.

          Qonun korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yо‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar о‘zini о‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qо‘yilgan. 

         Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi subyektlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash va hamkorligini kuchaytirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha respublika idoralararo komissiyasini tuzilgan va uning tarkibiga tadbirkorlar jamoat birlashmalarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilgan.

          Shunday qilib, qonunning amalga kiritilishi fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning qо‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g‘ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga kо‘maklashadi va natijada ishchanlik faolligi о‘sishiga hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga olib keladi.

          Muxtasar aytganda, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi bо‘lishi zarur.



Qashqadaryo viloyat ma’muriy

sudining raisi                                                                                   X.Muxammedov

Inson huquqlari bо‘yicha Umumjahon deklaratsiyasining mazmun va mohiyati

      Inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa
daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyatdir. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
BMT bosh assambliyasi tomonidan 1948 yilning 10 dekabrida qabul qilingan.
Deklaratsiya-lot. deklaratio sо‘zidan olingan bо‘lib, ma’lum qilaman, e’lon qilaman degan ma’noni
beradi
. U muqaddima va 30 moddadan
iborat b
о‘lib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat
mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma
rifat va talim orqali
shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga kumaklashishi lozim.

Ikkinchi jahon urishi vaqtida insoniyatga qarshi amalga
oshirilgan qirg‘inlar insonning umum e’tirof etilgan huquqlarini qayd qilish zarurligini
kо‘rsatdi. 1941 yilda AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt “Mamlakatdagi holat bо‘yicha
murojaat” ida tо‘rtda muhim erkinlik: sо‘z erkinligi, vijdon erkinligi, ehtiyojdan
erkinlik va qurquvdan erkinlikni qullab –quvvatlashga chaqirdi. Ayni shu narsa,
tinchlik о‘rnatish va urush tugashiga imkon beradigan inson huquqlari rivojiga yangi
turtki berdi. BMT Inson huquqlari bо‘yicha komissiyasining birinchi majlisi
1947 yil 27 yanvardan 10 fevrald Lake Suksess shaharchasida bо‘lib о‘tdi. AQShning
о‘sha vaqtdagi birinchi xonimi Eleonora Ruzvelt kommisiya raisligiga saylandi. Avstraliya,
AQSH, Belgiya, BSSR(Belorussiya SSR), Buyuk Britaniya, Xitoy, Kuba, Misr, Hindiston,
Eron, Liviya, Panama, Sobiq Sovetlar Ittifoqi, Urugvay, Filippin, Fransiya, Chili,
Yugoslaviya kabi davlatlar vakillari Huquqlar tо‘g‘risida xalqaro qonun loyihasini
ishlab chiqishlari kerak edi. Komissiya ishida BMT kotibligi inson huquqlari bо‘yicha
bо‘lim vakili, xalqaro huquq sohasida tajribali kanadalik mutaxassis Jon Hamfri
ham qatnashdi.

Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq
va erkinliklari e’lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar
tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur bо‘ʻlgan asosiy huquqlari
va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada «insonga xos qadr-qimmatni,
ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish – erkinlik, adolat va yalpi tinchlik
negizi» ekanligi e’lon etilgan. Unga kо‘ra, umum hurmat va rioya qilishi shart
bо‘lgan inson huquqlari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiy iqtisodiy huquqlardan
iboratdir.

Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi
tamoyillarda о‘z aksini topgan: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining
tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni,
inson huquqlarini ta’minlashning adolatligi. Deklaratsiyada e’lon etilgan mazkur
inson huquqlariga oid tamoyillarga kura barcha kishilar erkin tug‘iladi va о‘z qadr-qimmati
hamda huquqlari jihatdan teng bо‘lib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan
bab-baravar himoyalanish huquqiga ega).

Shaxsiy huquqlar orasida avvalo har bir kishining hayoti,
erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi alohida ta’kidlangan. Deklaratsiyaning boshqa
qoidalari esa mazkur huquqlarni tо‘ldiradi. Xususan, inson huquqlari umujahon deklaratsiyasiyasining
3-moddasida “Har bir inson yashash , erkin bо‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga
egadir” deb belgilangan. Mazkur qoidalar mamlakatimiz Konstitusiyasida ham о‘z ifodasini
topgan bо‘lib, uning 13-moddasiga kо‘ra, inson uning hayoti, erkinligi, sha’ni,
qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, 24-moddasiga
kо‘ra esa, yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd
qilish eng og‘ir jinoyatdir.

Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar
tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs
uchun о‘zgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat a’zolarining burchidir.

Ushbu Deklaratsiya mustaqil О‘zbekiston
Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir (1991 yil 30
sentabr). О‘zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasining «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari
va burchlari» deb atalgan 2
bо‘limi mazkur Deklaratsiya talablariga tо‘la mos bо‘lib, unda О‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va
erkinliklarga ega b
о‘lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e
tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar, qonun oddida tengligi takidlangan.

Deklaratsiya yer yuzidagi barcha fuqarolarning huquq va
erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan eng muhim hujjat sifatida e’tirof etiladi.
Unda “insonlarga ularning ijtimoiy kelib chiqishi, dini, tili, e’tiqodi va ijtimoiy
mavqeidan qat’iy nazar hurmat va yuksak ehtirom bilan munosabatda bо‘lish” kabi
muhim g‘oya targ‘ib qilinadi.

Insonning asosiy huquq va erkinliklarining rо‘yxati va
mazmuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlab qо‘yilgan bо‘lib,
mazkur hujjat odatda dunyoning vijdoni, insoniyat ma’naviyatining etaloni deb nomlanadi.
BMT Nizomi kabi, mazkur tarixiy hujjatda haqiqat о‘z tasdig‘ini topgan: barcha insonlar
erkin va insoniy qadr-qimmat va asosiy, tabiiy huquqlarda teng tug‘iladilar.

Mazkur hujjat barcha uchun kamsitishlarsiz, insonga erkin
va maqbul sharoitlarda ijtimoiy adolatni e’lon qilgan birinchi hujjatlardan biri
edi. Deklaratsiya asosida yuridik kuchga ega bо‘lgan faktlar, konvensiyalar, pratakollar
ishlab chiqilgan.

Aholida inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilish
borasida yangi qadriyatlar va kо‘nikmalarni shakllantirish va pirovardida millat
darajasida inson huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya qilish rivojlantirishga
qaratilgan madaniyatni shakllantirish lozimdir. Insonlarning о‘z huquq va erkinliklarini
bilishlari shaxs  huquqlarini Konstitusiya
kafolatini amalga oshirishning zaruriy sharti bо‘lishi kerak”

Bosh Assambleya mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini
barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bо‘lgan vazifa sifatida
e’lon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti
doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim yо‘li bilan bu
huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga kо‘maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar
tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta’minlanishiga, Tashkilotga a’zo bо‘lgan
davlatlar xalqlari о‘rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda
yashayotgan xalqlar о‘rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari
zarur

Mamalakatimizda keng kо‘lamda amalga oshirilayotgan sud-
huquq sohasiga doir qonunchilik asoslarining shakllanishi va uning muntazam ravishda
takomillashtirib borilishi inson huquqi, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali
himoya qilinishi ta’minlash, jamiyatda qonuniylik va huquq tartibotini mustahkamlashda
muhim omil bо‘lib xizmat qiladi.Zero istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda qabul
qilinayotgan hech qaysi davlat qonunchuligidan ham bо‘lmagan milliy qonunchiligimizda
kо‘zda tutilgan asosiy maqsad – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini
ta’minlashdan iboratdir.

 

 

 

 

Qashqadaryo viloyat ma’muriy

 

sudining sudyasi                                                                                               B.Qilichov

 

Mustaqilligimizning 30 yillig bayram munosabati bilan bir gurux hamkasblarimiz taqdirlandi

        Qashqadaryo viloyat Ma’muriy sudi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan O’zbekiston xalqini muborakbot etadi . Ushbu bayram munosabati bilan hamkasblarimizdan Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi devonxona mudiri B.Maxammadiyev «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Hamda Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi sudya katta yordamchisi B.Tursunpulatov Oliy sud tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

 

HURMATLI E’TIROF SOHIBLARINI MA’MURIY SUD RAHBARIYATI VA BUTUN JAMOA AHLI SAMIYMIY MUBORAKBOD ETADI!

 

MUSTAQILLIGIMIZNING 30 YILLIGI QUTLUĜ BÕLSIN!

 

Nishon tumaniga sayyor qabul tashkil etildi

2021 yil 25 iyun kuni Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani hokimligi binosida Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi, Qarshi tumanlararo ma’muriy sudi va Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan Nishon tuman adliya bо‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan fuqarolar va tadbirkorlarining muammolarini aniqlash, ularning qonuniy hal etilishini ta’minlashlash maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi B.Axmedov, Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining raisi A.Xushvakov, Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining raisi L.Abdullayev va shu sudning sudyasi X.Tursunov, Nishon tuman adliya bо‘limi boshlig‘i M.Abrayev ishtirok etdi.

Sayyor qabul jarayonida 4 nafar fuqarolarga va 2 nafar tadbirkorga joyida tushuntirishlar berildi.  

Sudlar faoliyatini raqamlashtirish

         Yurtimizda sudlar faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng va bosqichma-bosqich joriy etish bо‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga о‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, nizolarni о‘z vaqtida kо‘rish, odil sudlovga bо‘lgan ishonchni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim omil bо‘lib kelmoqda.

         2020 yilning 3 sentabrida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinganligi ham ushbu sohadagi islohotlar samaradorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga kо‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, sudlarda ishlarni kо‘rishda mutasaddi idoralar bilan ma’lumot almashinuvini integratsiya qilish orqali ortiqcha “qog‘ozbozlikka” butunlay chek qо‘yishda alohida ahamiyat kasb etdi.

         Xususan, ushbu qaror bilan har bir murojaatni kо‘rib chiqish jarayonining onlayn kuzatib borilishini ta’minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish, maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish bо‘yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish, sudning axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlari axborot va kiberxavfsizligini ta’minlash, xizmat axborotlari va ma’lumotlarni kompleks himoya qilish bо‘yicha choralarni kuchaytirish sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichidagi vazifalari etib belgilandi.

         Ushbu qaror asosida ishlab chiqilgan 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturida belgilangan ayrim chora-tadbirlar haqida e’tirof etsak.

         Dasturda joriy yilning 1 yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bо‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish, sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish, 2021 yil 1 iyuldan boshlab apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar о‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlash hamda 2021 yil 1 oktabrdan esa barcha ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul asosda xabardor qilish tartibi joriy etilishi kо‘zda tutilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

Qashqadaryo viloyat ma’muriy

sudining sudyasi                                                                                   Beknazarov Oybek

 

Skip to content