Sudlar faoliyatini raqamlashtirish
Yurtimizda sudlar faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng va bosqichma-bosqich joriy etish bо‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga о‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, nizolarni о‘z vaqtida kо‘rish, odil sudlovga bо‘lgan ishonchni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim omil bо‘lib kelmoqda.
2020 yilning 3 sentabrida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining“Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinganligi ham ushbu sohadagi islohotlar samaradorligini ta’minlash, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga kо‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, sudlarda ishlarni kо‘rishda mutasaddi idoralar bilan ma’lumot almashinuvini integratsiya qilish orqali ortiqcha “qog‘ozbozlikka” butunlay chek qо‘yishda alohida ahamiyat kasb etdi.
Xususan, ushbu qaror bilan har bir murojaatni kо‘rib chiqish jarayonining onlayn kuzatib borilishini ta’minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish, maxsus axborot dasturlarini joriy etish orqali sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, sud majlislarida masofadan turib, jumladan mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish, shuningdek ish bо‘yicha taraflar uchun sud qarorlarini onlayn tarzda olish imkoniyatini yaratish, sudning axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va boshqa dasturiy mahsulotlari axborot va kiberxavfsizligini ta’minlash, xizmat axborotlari va ma’lumotlarni kompleks himoya qilish bо‘yicha choralarni kuchaytirish sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirishning keyingi bosqichidagi vazifalari etib belgilandi.
Ushbu qaror asosida ishlab chiqilgan 2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturida belgilangan ayrim chora-tadbirlar haqida e’tirof etsak.
Dasturda joriy yilning 1 yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bо‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib borish, sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantirish, 2021 yil 1 iyuldan boshlab apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishlarni sudyalar о‘rtasida avtomatik ravishda taqsimlash hamda 2021 yil 1 oktabrdan esa barcha ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali bepul asosda xabardor qilish tartibi joriy etilishi kо‘zda tutilmoqda.
Qashqadaryo viloyat ma’muriy
sudining sudyasi Beknazarov Oybek