Odam savdosi va zо‘ravonlikka qarshi kurash
Odam savdosi – kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, о‘g‘irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni tо‘lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og‘dirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadidaularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka о‘xshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson a’zolari yoki tо‘qimalarini ajratib olishni anglatadi.
Bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, kо‘p va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega hujjatlari qabul qilingan bо‘lib, ular doirasida ushbu xavfga qarshi dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar kо‘rilmoqda.
«Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanishga qarshi kurash tо‘g‘risida»gi Konvensiya (1949), «Qullik va qul savdosini, qullikka о‘xshash institutlar va odatlarni bekor qilish tо‘g‘risida»gi qо‘shimcha Konvensiya (1956), «Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash haqida»gi Konvensiyani tо‘ldiruvchi «Odamlar, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini tо‘xtatish, oldini olish va uning uchun jazo tо‘g‘risida»gi bayonnoma (2000) bu borada dasturiy hujjat vazifasini о‘tamoqda. Odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan davlatlararo hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2005 yili MDH doirasida «Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni kuchaytirish tо‘g‘risida»gi kelishuv, 2006 yilda sakkiz a’zo mamlakat doirasida «Odam savdosiga qarshi kurashning 2007-2010 yillarga mо‘ljallangan dasturi» qabul qilingan edi. Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bо‘lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu illat bilan kurashishda nafaqat davlat tashkilotlari, shu jumladan, nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar ham manzilli ishlarni amalga oshirmoqda.
Xalqaro mehnat tashkilotining hisob kitoblariga kо‘ra butun dunyoda 21 million kishi majburiy mehnatning jabrlanuvchilari hisoblanadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanishadi. BMT ma’lumotlariga kо‘ra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.
Bugungi kunda kо‘plab xalqaro hujjatlarda nazarda tutilgan normalar milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilingan. Xorijiy davlatlar bilan uyushgan jinoyatchilik, shu jumladan odam savdosiga qarshi kurashish bо‘yicha о‘ttizdan ortiq ikki tomonlama shartnoma va bitimlar imzolangan. 2008 yilda esa «Odam savdosiga qarshi kurashish tо‘g‘risida’Ti Qonun qabul qilindi. Ammo bu xotirjam bо‘lishimiz uchun yetarli emas. Shu bois, О‘zbekistonda odam savdosi, xususan, uning transmilliy kо‘rinishlariga qarshi qat’iy choralar qabul qilinmoqda.
Odam savdosiga qarshi kurashishda aholi, ayniqsa, yoshlar о‘rtasida ushbu illatning xavfi va oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarni bu boradagi vaziyatdan ogoh etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugun targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini о‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xulosa tariqasida aytganda, odam savdosining har qanday kо‘rinishiga qarshi kurashish davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ota-ona, mahalla va ta’lim muassasalari xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv va о‘zaro hamkorlikka asoslansagina kо‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Keyingi dolzarb masala zо‘ravonlikka qarshi kurash masalasi bо‘lib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini har qanday shakldagi tazyiq va zо‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishi alohida nazoratga olingan. Tazyiq va zо‘ravonlikdan jabr kо‘rgan xotin- qizlarga davlat himoyasini takdim etish tartibi, xotin-qizlarga tazyiq о‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zо‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoki bir guruh shaxslarga nisbatan belgilangan ta’sir kо‘rsatish choralari qо‘llanishiga sabab bо‘ladigan hujjat sifatida «Himoya orderi»ni berish tizimi 2019 yil 2 sentabrda qabul qilingan «Xotin- qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tо‘g‘risida’Ti Qonunda belgilab qо‘yildi. Tazyiq va zо‘ravonlikning ham bir qancha kо‘rinishlari mavjud bо‘lib, mazkur Qonunda ularga quyidagicha ta’rif berilgan:
jinsiy zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zо‘ravonlik shakli, shuningdek zо‘rlik ishlatish yoki zо‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash;
jismoniy zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bо‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam kо‘rsatmaslik, zо‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir о‘tkazish yoki bunday ta’sir о‘tkazishning о‘zga choralarini qо‘llash bilan taxdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zо‘ravonlik shakli;
zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir о‘tkazish yoki bunday ta’sir о‘tkazish choralarini qо‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);
iqtisodiy zо‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zо‘ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bо‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik); ruhiy zо‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zо‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlanuvchida о‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, о‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik);
tazyiq — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik; Aslida tabiatning nozik xilqati sanalmish ayollar huquqlariga xalqaro miqyosda e’tibor Ikkinchi jahon urushining sо‘nggi yillarda boshlangan bо‘lib, 1948 yil Y.dekabrda BMT tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi va uning ikkinchi moddasida Deklaratsiyada bayon qilingan xuquqlar erkaklarga ham ayollarga ham hech qanaqa cheklashlarsiz birdek taaalukdi ekanligi mustahkamlab qо‘yildi. Shundan keyin BMT tomonidan Ayollarga nisbatan Diskriminatsiyani bartaraf etish deklaratsiyasi (1967 yil) hamda Ayollarga nisbatan diskriminatsiyaning barcha shakllarni bartaraf etish haqidagi konvensiyaning qabul qilinishi ham ayollar huquqlariga e’tiborning jadallashuviga turtki bо‘lganligi shubxasiz. 1975 yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro ayollar yili deb e’lon qilinishi, 1976-1985 yillar Ayollar о‘n yilligi deb e’lon qilinishi butun dunyoda ayolar huquqlarining prinsipial masala sifatida qо‘yilishiga asos bо‘lgan. 1985 yilda Ayollar ahvoli yuzasidan Nayrobi (Keniya)da о‘tkazilgan xalqaro Konferensiyada ‘Tender tenglik” tushunchasi yangicha mazmun bag‘ishlagan.
1993 yilda Venada о‘tkazilgan Inson huquqlari bо‘yicha Xalqaro konferensiya kun tartibiga Ayollarning inson sifatidagi huquqlari umuminsoniy haq-huquqlarning ajralmas qismi ekanligi haqidagi masala qо‘yilgan, 1993 yilda Ayollarga nisbatan zо‘ravonlikka qarshi kurash tо‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilingan. Xalqaro miqyosida va milliy qonunchiligimizda xotin qizlar huquqlariga qanchalik e’tibor qaratilgan bо‘lishiga qaramasdan, ayollarga nisbatan maishiy zо‘ravonlik, tajovuzkorlik, ruhiy zо‘ravonlik, ish haqlaridagi nomutanosibliklar kabi muammolar hali ham uchrab kelmoqda.
Shu jihatlarni inobatga olgan holda, «Himoya orderi» degan tushunchaning kirib kelishi, uning amaliyotga joriy etilganligi xotin -qizlar huquqlari ta’minlanishini yangi bosqichga olib chiqadi, albatta.
Buning uchun nafaqat xotin-qizlarimiz orasida balki keng jamoatchilik orasida “himoya orderi” va uning qо‘llanilishi haqida tushuntirish ishlarini olib borishimiz lozim. Zero, qancha kо‘p kishilarni biz xabardor qila olsak bu tо‘g‘risida qaysidir ma’noda jamiyatimizda xotin qizlarimiz yanada himoyalanganligini namoyon eta olamiz.
Qonunga kо‘ra, tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlanuvchi ayol о‘ziga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlik sodir etilgani yoki ularni sodir etish tahdidi tо‘g‘risida ariza bilan tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish huquqiga ega. Shuningdek, ular maxsus markazlarda, ishonch telefoni orqali bepul huquqiy maslahat oladi. Ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish, ichki ishlar organlariga himoya orderi berish tо‘g‘risidagi talabbilan murojaat qilishga haqli.
Bundan tashqari Qonunda, tazyiq va zо‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning о‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish tо‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji tо‘lashdan ozod qilinishi kо‘rsatib о‘tildi. Qonunda vakolatli organlarning xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilishdagi vakolat yо‘nalishlari aniq belgilab berildy. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yilning 4 yanvar kuni qabul qilingan «Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomilashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida’’gi Qaror bilan Nizom tasdiqlangan bо‘lib, ushbu Nizom ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq va (yoki) zо‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini, shuningdek tazyiq va zо‘ravonlik sodur etgan yoki sodir etishga moyil bо‘lgan shaxslarga himoya orderining nusxasini berish tartibini belgilaydi. Nizomga asosan, tazyiq va zо‘ravonlik qurbonining murojaati;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari va (yoki) ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabarlar;
tazyiq yoki zо‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish holatlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan olingan materiallar Himoya orderi qо‘llashga asos bо‘ladi.
Himoya orderi- tazyiq va zо‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida va 30 kun muddatga profilaktika inspektorlari tomonidan beriladi. Himoya orderi amal qilishi davrida xavf bartaraf etilmagan bо‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati jabrlanuvchining arizasiga kо‘ra kо‘pi bilan о‘ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin. Umuman olganda, qabul qilingan ushbu qonun hamda davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar jamiyatda, turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida hamda boshqa joylarda xotin-qizlarga bо‘lgan hurmatni oshirish, tazyiq va zо‘ravonlik hollarining oldini olishga, ularning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Qarshi tumanlararo ma’muriy
sudining sudyasi L.S.Zayniddinova