Korrupsiya millat kushandasi
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bо‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat xar qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson xuquq va erkinliklarining poymol bо‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurashish xalqaro ahamiyat kasb etib, jaxon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Dunyoda korrupsiyaning turi xam tasnifi ham juda kо‘p. Uning kelib chiqish sabablarini ochish, unga qarshi kurashishning samarali yо‘llarini topish bо‘yicha olimlar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar о‘tkazilgan. Turli kо‘rsatkichlar va raqamlar aks etgan jadvallar yaratilgan, о‘ziga xos reytinglar tuzilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil formulalari ham ishlab chiqilgan. Bu boradagi ishlar va izlanishlar izchil davom etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy vaziyat, fuqarolarning xuquqiy dunyoqarashi, davlat tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish omillaridan kelib chiqib, xar bir davlat korrupsiyaga qarshi о‘ziga xos usullarda kurashmoqda. Bu borada eng samarali yо‘l xali topilgan emas. Chunki korrupsiya bir qarashda oddiy jinoyat bо‘lib kо‘ringani bilan aslida uning kelib chiqishi va yashovchanlik sabablari juda chigal va murakkabdir. Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 2017-yil 3-yanvarda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonun tarixiy ahamiyatga ega xujjatlardan biridir. 6 bob, 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va meyorlar belgilangan. Qonunning 4-moddasiga kо‘ra korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi.
Qonunning 5-moddasiga kо‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining xuquqiy ongi va huquqiy ma’daniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantrish, davlat va jamiyat xayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni о‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qо‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarni sodir etganlik uchunjavobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini ta’minlash.
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2-fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi “О‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur xujjatlar о‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar stategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Xarakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkilish-xuquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bо‘yicha tadbirlar belgilanganligi alohida qayd etildi. Qonun normalarini hayotga tatbiq etish maqsadida yuqorida kо‘rsatilgan Prezidentimizning qarori bilan 2017-2018 yillarga mо‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Xammamiz yaxshi bilamiz, qonun xuquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Vakolatlar, xuquq va majburiyatlarni, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilab beradi. Agar qonun xayotda ishlamasa, uning bir necha varoq oddiy qog‘ozdan farqi qolmaydi. Shunday ekan, “korrupsiya xaqida qonun qabul qilindi, endi xammasi iziga tushib ketadi”, deb о‘ylash xotirjamlikka berilish katta hato bо‘ladi. Korrupsiya balosidan qutilish, islohatlarni uning changalidan ozod etish haqida xammamiz о‘ylashimiz, buning zaruratini har birimiz yuragimizdan о‘tkazishimiz, unga qarshi qat’iy kurashishimiz kerak.
Qarshi tumanlararo
ma’muriy sudining sudyasi L.Zayniddinova