Tadbirda Qarshi tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Akmal Bobonazarov, Qarshi harbiy prokurorining о‘rinbosari Sobirjon Ashrapov, Qarshi harbiy sudi raisi Sobir Alishayev va Qarshi tumanlararo fuqorolik sudining sudyasi Lochin О‘sarovlar ishtirok. Unda ma’ruzachilar harbiy xizmatchilarni huquqiy savodxonligini oshirish bо‘yicha ma’ruzalar qilishdi.
Tadbir yakunida harbiy prokuror о‘rinbosari va sudyalar harbiy xizmatchilarning oilaviy, mulkiy, qarz oldi-berdisi va boshqa munosabatlar bilan bog‘liq nizolari qay tartibda qonuniy hal etilishi haqidagi barcha savollariga batafsil javoblar berishib, sudlarga murojaat qilish tartiblari xususida ma’lumotlar berishdi.
Uchrashuv harbiy xizmatchilar bilan yakka tartibda suhbatlar о‘tkazgan holda savol-javobga boy tarzda bо‘lib о‘tdi.